Muxolifatçi Boris Nemsovning öldirilişiga oid iş böyiça sudlangan çeçenistonlik sobiq politsiyaçi Temirlan Eskerxonov koloniyadan uruşga jönab ketdi. U Rossiya tomonidan egallagan Mariupolda «qulay va xavfsiz şaroit»da xizmat qilmoqda.

Eskerxonov koloniyadan ozod etilgani haqida 9 avgust kuni «RIA Novosti» manbasi xabar berdi. Uning sözlariga köra, çeçenistonlik sobiq politsiyaçi Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolagan, afv etilgan va hozirda Ukrainadagi jangovar harakatlarda iştirok etmoqda. Rossiya huquq-tartibot organlarining «TASS»ga ma’lum qilişiça, Eskerxonov 2024 yilning martida ozodlikka çiqqan, şundan keyin bölinmalardan biriga jang qiliş uçun yöl olgan.

«Novaya gazeta. Yevropa»ning tasdiqlaşiça, 2023 yil oxiri va 2024 yil boşida çeçenistonlik önlab mahbuslar Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzib, Rossiya koloniyalaridan ozod etilgan. Naşrning qayd etişiça, oldinlari çeçen mahbuslarni ommaviy ravişda uruşga jalb etiş kuzatilmagan. Jurnalistlarning taxminiça, bu terrorçilik moddalari bilan sudlanganlarni uruşga jalb etiş taqiqlangani bilan boğliq.

Ammo 2023 yil oxirida vaziyat özgardi va Ukrainadagi uruşga Çeçeniston IIVdagi manbaga köra, qotillik, giyohvand moddalar aylanmasi yoki firibgarlik ayblovlari böyiça qamalgan 200 ga yaqin çeçenistonlik mahbus jalb etildi.

Ozodlikka erişgan çeçenlarning aksariyati rostdan ham hujum bölinmalariga joylaşgan. Jurnalistlarda mavjud ma’lumotlarga köra, ularning ayrimlari köp ötmay halok bölgan. Şu bilan birga, frontda çeçenistonlik askarlar halok bölgani haqida respublika statistikasida rasmiy ma’lumot yöq. Ularning qarindoşlari mahbuslar uruşda emas, soğliğidagi muammo tufayli vafot etgani töğrisidagi hujjatlarni imzolaşga majburlangan. Bundan taşqari, şu paytgaça halok bölgan mahbuslarning oilalariga qonunda belgilangan tovon puli tölanmagan, jasadlari harbiy töqnaşuvlar sodir bölgan joydan olib ketilib, uylariga yetkazilgan çeçenlarning dafn marosimlarini ularning qarindoşlari öz hisobidan ötkazgan.

Naşr manbalarining ta’kidlaşiça, çeçenistonlik deputat Adam Delimxanov atrofidagi odamlardan bölgan Eskerxonov şartli ozod etiliş böyiça rad javobini olganidan keyin Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzgan. Vladimir Putin uni afv etgan va fevral oxirlarida sobiq politsiyaçi uruşga yöl olgan. Manbalarga köra, Eskerxonov hujum çiziğida jang qilmayapti. Ularning sözlariga köra, Eskerxonov ozod etilişi bilan Çeçeniston rahbarining maslahatçisi va senator Sulaymon Geremevning ukasi Vaxe Geremevning yoniga «joylaştirilgan».