Har bir davlat, xoh kiçik, xoh katta bölsin, albatta jiddiy sinovlarni boşdan keçiradi. Aynan mana şu sinovlar ortidan tarix yaraladi, kim aslida kimligi namoyon böladi, mamlakat hayotida tub buriliş yasaladi.
Bizning yaqin ötmişimizda ham ana şunday davrlar muhrlanib ulgurdi. 16 fevral... Namangan voqealari...
Bular tarixan qadimiy, ammo davlatçilik nuqtai nazaridan hali yoş bölgan respublikamiz, millatimiz uçun imtihon onlari bölgan. Zero aynan mana şunday imtihonlar xalqni jipslikka undaydi, xatolarni qaytarmaslikka örgatadi.
2016 yil 15 iyulda Turkiya ham ana şunday jiddiy sinovni boşdan keçirdi: uzoq yil payt poylagan kuçlar tösatdan oçiq hujumga ötdilar, köçalarni tanklar egalladi, qiruvçi samolyotlar otaş uruğini soça boşladilar, havoda qon hidi anqidi!

Foto: AP
Vaziyat şu darajada şiddat bilan rivojlana bordiki, davlat töntarişiga uriniş aniq natijalar bera boşladi: isyonçilar muhim obektlarni qölga kiritdilar, zirhli texnika, harbiy havo kuçlari, artilleriya egallandi. Davlat rahbarlariga tajovuz qilindi, parlamentga bomba yoğdirildi, ayrim ommaviy axborot vositalari isyonçilar qöliga ötdi. Avtomat öqlari tun bağrini çaqmoqdek tilib, hazrati inson köksiga qadaldi, ota sergak tortdi, ona faryod urdi, farzand nigohida sarosima böy körsatdi...

Foto: Sedat Suna / EPA
Ortga yöl yöq edi. Butun bir davlat taqdiri hal bölayotgan pallada har bir ongli inson özining aniq pozitsiyasini belgilab olişi, şu vatanga qay yöl bilan nafi tegişi mumkinligini aniqlaşi lozim. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğonning vatandoşlariga murojaatida şu mazmundagi sözlar bor edi: «Xalqimni mamlakat himoyasi uçun maydonlarga çiqişga da'vat etaman. Millat irodasi sinaladigan payt keldi!»

Foto: Kun.uz
Ana şunda butun bir millat, xalq jipslaşdi. Odamlar xuddi tökilayotgan muqaddas qon ramzidek alvon bayroqlarga burkanib otilib çiqdilar. Öz tinçini yurt ertasidan aziz bilmagan, xavf qarşisida biqinib olmagan, jonini tavakkalga röbaro‘ qilgan yuz minglab inson ulkan qalqonga aylanib vatan köksini himoya qilişga otlandi. Kimdir şiddat bilan kelayotgan tank tagiga özini taşlab yöl tösdi, yana kimdir miltiq qöndoğini kafti bilan berkitdi.















