Professional tennisçilar uyuşmasi (ATR) jahon reytingida 4-örinni egallayotgan serbiyalik tennisçi Novak Jokoviç soğliğida yuzaga kelgan muammo sababli "Katta dubulğa" seriyasiga kiruvçi Uimbldon musobaqasidagi iştirokini yakunlaşga majbur böldi.

Jokoviç çexiyalik Tomaş Berdix bilan çorak final uçraşuvida yelkasidagi oğriq sababli tibbiy taym-aut olgan va 2-setda uçraşuvni davom ettirişdan boş tortgan.

Avvalroq jahon reytingining birinçi raqamli tennisçisi Endi Marrey London kortlarida ötayotgan musobaqaning çorak finalida amerikalik Sem Kuerriga sensatsion ravişda mağlub bölgani ma'lum qilingandi.