Samarqand şahrida YuNeSKOning Özbekistondagi vakolatxonasi tomonidan ana şu nomdagi seminar ötkazildi.
Seminarda YuNeSKO hamda taşkilotning Özbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamda Madaniyat vazirligi madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş ilmiy işlab çiqariş boş boşqarmasi mutaxassislari madaniy meros obektlarining menejment loyihasi böyiça tegişli davlat va jamoat taşkilotlari vakillaridan iborat tinglovçilar uçun ma'ruza qildilar, deb yozadi «Zarafşon» gazetasi.
— Bugun yer yuzidagi 165 davlatda joylaşgan 1052 obekt Butunjahon madaniy meroslari röyxatiga kiritilgan, — deydi YuNeSKO vakili Ona Vileykis. — 2001 yilda Samarqand şahri va uning tarixiy arxitektura va arxeologik yodgorliklari «Samarqand — madaniyatlar çorrahasi» nomi bilan YuNeSKO Butunjahon meroslari röyxatiga kirgan.
Bugungi kunda dunyodagi 70 foiz madaniy yodgorliklarning boşqaruv rejasi bölmagani sababli ularga zarar yetkaziş xavfi yuzaga kelmoqda. Anjuman davomida ana şu muammolarning oldini oliş böyiça maşğulotlar ötdik, taklif va tavsiyalarni umumlaştirib oldik.
Seminar davomida nafaqat tarixiy obidalar, balki milliy hunarmandçilik, Samarqand aholisining uy-joy qurilişidagi öziga xos an'analari, milliy şaharsozlik va hatto şahar içidagi qadimiy hovuzlargaça barçasi madaniy boylik ekani, ularni saqlab qoliş masalalari muhokama etildi.












