Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 mingdan ortiq kishi bepul Wi-Fi uchun hojatxonalarni tozalashga rozi bo‘ldi
Britaniyaning Purple provayderi ijtimoiy tajriba o‘tkazishga qaror qildi va jamoat joyidagi Wi-Fi’dan foydalanish shartnomasining oddiy shartlarini o‘zgartirdi. Unga kutilmagan majburiyatlar kiritildi, deb xabar bermoqda Mashable.
Xususan, shartlarda aytilishicha, internetdan foydalanishga rozi bo‘lganlar 1000 soatlik jamoat ishlarini bajarishlari lozim bo‘lgan. Bepul Wi-Fi ishqibozlari qilishi lozim bo‘lgan mashqlar orasida – hojatxonalarni tozalash, uysiz mushuklarni quchoqlash va chig‘anoqlar kosasini bo‘yash kabilar bo‘lgan. Hammasi bo‘lib bunday ishlarni bajarishga 22 ming kishi rozilik bildirdi.
Purple bunday o‘ziga xos tajriba orqali deyarli hech kim xizmatdan foydalanish avvalida shartnoma shartlarini o‘qimasligiga e'tibor qaratmoqchi bo‘lgan, bu esa jiddiy muammolarga olib kelishi ham mumkin.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:25 / 27.06.2026
Yunusobodda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi
22:16 / 11.06.2026
Routerni qanchalik tez-tez qayta ishga tushirish kerak: ko‘pchilik unutadigan qoida
11:24 / 23.05.2026