Kecha, 22 may kuni soat 18:47 da Namangan viloyati, Uychi tumani «Muborak» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan uylarning birida favqulodda holat sodir bo‘ldi. Uy egasining 2025 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli hovlidagi hojatxonaga tushib ketgan.

Hodisa haqida xabar kelib tushgach, FVV qutqaruvchilari zudlik bilan manzilga yetib borgan va qutqaruv ishlarini boshlagan. Qutqaruvchilardan biri hojatxona chuquriga tushib, bolakayni olib chiqqan.

Shifokorlar tomonidan bolaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng u yaqinlariga topshirildi. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilinmoqda.

Mutaxassislar ota-onalarni farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikka chaqirmoqda.