Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayohat qilish uchun dunyodagi eng yaxshi shahar nomi ma'lum qilindi
Sayohat mavzusiga bag‘ishlangan yirik jurnal - Travel+Leisure turistlar uchun jahonning eng yaxshi shaharlari ro‘yxatini tuzib chiqdi. Birinchi o‘rinni Meksikadagi San-Migel-de-Alende shahri egalladi, uning tarixiy markazi YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kirgan.
Ikkinchi o‘rinda – Amerikaning Charlston shahri, u Samter forti bilan mashhur: aynan shu yerdagi jang bilan Shimol va Janub o‘rtasida fuqarolik urushi boshlangan. Reytingdagi uchinchi o‘rinni Tailandning Chiangmay shahri egalladi, unda 300 dan ortiq buddaviylar ibodatxonalari bor. To‘rtinchi o‘rinda – Yaponiyaning Kioto, beshinchi pog‘onada esa – Italiyaning Florentsiya shahri.
Top-15ga shuningdek: Oaxaka (Meksika), Xoyan (Vetnam), Keyptaun (JAR), Ubud (Indoneziya), Luangpxabang (Laos), Santa-Fe (AQSh), Rim (Italiya), Siyemreap (Kamboja), Udaypur (Hindiston) va Barselona (Ispaniya) ham kirgan.
Mavzuga oid
14:24 / 14.03.2026
Xivada «Boqiy shahar» konsepsiyasi asosida yangi hudud barpo etiladi
15:06 / 13.03.2026
Bir yilda turizm sohasidagi tashkilotlar soni 21 foizga ko‘paydi
10:18 / 11.03.2026
Poytaxtda turizm va madaniyat yo‘nalishiga yangi rahbar tayinlandi
23:04 / 03.03.2026