Turkiyada davlat töntarişiga uriniş röy bergan kundan 1 yil ötdi. 2016 yilning 15 iyulida mamlakatda harbiylar davlat töntarişi uyuştirmoqçi bölgan, lekin xalq hukumatni himoya qilib çiqqaç, uriniş barbod bölgandi.

Bugun Turkiya böylab mamlakat tarixidagi bu qora kunda qurbon bölganlar xotirlanmoqda. 

Ötgan yilning 15 iyul kuni keçqurun Turkiyada harbiylar iştirokida davlat töntarişi amalga oşirişga bölgan harakatlar boşlangandi. Isyon 16 iyulga ötar keçasi tuni bilan davom etdi, ammo tongda Anqara isyon bostirilgani haqida e'lon qildi. 

Isyon haqida ilk xabarlar

Mahalliy vaqt bilan soat 22:00da Anqarada öq ovozlari eşitila boşlandi, şahar ustida vertolyotlar hamda qiruvçi samolyotlar parvoz qildi. Turkiya qurolli kuçlarining bir guruhi mamlakatning bir qator şaharlarida - Anqara, Istanbul, Marmaris, Kone, Malate va Karsda hukumatga qarşi isyon kötargandi.

Anqarada harbiy vertolyot milliy razvedka binosini ötga tutdi, samolyotlar Milliy parlament va prezident saroyiga bomba taşladi.

Köp ötmasdan Istanbul va Anqaradagi aeroportlarda, Bosfor böğozi ustidagi köprikda tanklar paydo böldi.

Dastlab Turkiya boş vaziri Binoli Yildirim televideniye orqali çiqiş qilib, mamlakatda harbiylar guruhi davlat töntarişiga harakat boşlagani haqida e'lon qildi.

Köp ötmasdan isyonçilar davlat telekanallarini (TRT)ni egallab, öz xabarlarini yetkazişga urinişdi va xususiy ommaviy axborot vositalariga bostirib kirişdi.

Isyon boşlanganidan yarim soat vaqt ötib harbiylar efir orqali Turkiya Qurolli kuçlari boş ştabi a'zolari qölga olingani, hukumat harbiylar qöliga ötgani, rahbariyat çetlatilgani haqida e'lon qildi. Şuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning Anqaradagi qarorgohi qöriqçilari qurolsizlantirilib, Adolat va taraqqiyot partiyasi ştabi qamal qilindi.