Qömitaning bildirişiça, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soliq hisobotlari topşirilişi, hisobotlardagi kamçiliklar tuzatilişi, soliq qarzdorligi tölanişi inobatga olinib, qolgan keşbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

Iste’molçilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (24 720 000 söm) oşmagan xaridlari uçun 1% keşbek (247 200 söm) olişi mumkin.

Ma’lum qilinişiça, keşbek quyidagi hollarda hisoblanmaydi:

  • agar çek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt ötgan bölsa;
  • avtomobil, havo va temir yöl çiptalarini sotib olişda, aloqa va kommunal xizmatlar tölov çeklari uçun;
  • özini özi band qilgan şaxslar xizmat körsatganda;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda özini özi band qilgan tadbirkorlar tomonidan raqamli platformalar (Xolis Paynet) orqali berilgan xarid çeklariga;
  • jismoniy şaxslar şubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan bölsa.

Soliq qömitasi tomonidan iyun oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum bir haq evaziga uçinçi şaxslardan soxta xarid çeki olib, haqiqatda kirim qilinmagan yoki xarid qilmagan mahsulot va tovarlar xarid çeklarini röyxatdan ötkazgan 96 mingdan ortiq fuqaro şubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan.

Qömita ayrim fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan xarid summasidan qaytariladigan keşbek tizimini notöğri talqin qilib, özlari bilgan va bilmagan holda öz manfaatlari yölida foydalaniş holatlari uçrayotganini bildirib, bu qonunga xilof hisoblanib, yakunda javobgar bölib qoliş xavfini yuzaga keltirişini ta’kidlagan.