Toşkentning “Bunyodkor” jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodov keyingi faoliyatini Rossiya premer-ligasi vakili “Rostov” klubida davom ettiradi. Bu haqda Özbekiston Futbol Federatsiyasi rasmiy sayti ma'lum qildi.
Birinçi davra oxirlarida “Bunyodkor” futbol klubiga Eldor Şomurodov transferi masalasida Rossiyaning “Rostov” klubidan taklif tuşdi. Olib borilgan muzokaralardan söng Eldor Şomurodov “Bunyodkor”dan “Rostov”ga ötdi.
Aytiş joizki, “Bunyodkor” futbol klubi öz tarkibidagi futbolçilarining biznikidan kuçliroq bölgan xorij çempionatlariga yöl olişiga doimo ijobiy munosabatda bölib keladi. Öylaymizki, Eldor Şomurodov Rossiya premer-ligasida töp tepib, orttiradigan tajribasi va mahorati kelajakda Özbekiston milliy terma jamoasi uçun foydali böladi. Şomurodov sönggi yillarda premer-liga bahslarida öz örniga ega bölişgan Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Vadin Afonin singari nom qozonib, Rossiya çempionatida munosib iştirok etadi. Qayd etiş kerakki, Eldor Şomurodov "Bunyodkor" FKdan Rossiya çempionatiga yöl olgan özbekistonlik birinçi futbolçi böldi.
Eldor Şomurodov "Bunyodkor"dagi ikki yarim yillik faoliyati mobaynida 83ta uçraşuv ötkazib, raqiblari darvozasiga 22ta gol urdi.












