Kun.uz tahririyatiga abituriyent yigit tomonidan murojaat keldi. U Andijondagi mashinacozlik institutiga hujjat topşiriş uçun borib, ustidagi kiyimlari tufayli ortga qaytarilganidan şikoyat qilgan.
Sayt muxbiri uşbu vaziyatni örganiş uçun oliy ilm dargohining qabul komissiyasi bilan boğlangan.
Ma'lumki, arizaçilarning xatida doim özi yuz foiz haq, narigi tomon esa teskarisi etib körsatiladi. “Qars ikki qöldan çiqadi” degan maqolga amal qilgan holda vaziyatni içiga kirib, muammoning töla örganiş uçun har ikki taraf bilan suhbatlaşgan ma'qul. Mutasaddining aytişiça, institutda öqişni ixtiyor etgan abituriyent öz hujjatlarini topşirişga şortida kelgan va uni ta'lim dargohiga kiritişmagan.
“Şu ham muammo bölibdimi?” dersiz? Men ham avvaliga uşbu voqeani maqola qilib yozişni özimga ep körmagandim. Lekin, oddiy uçqundan alanga çiqişi ham mumkin. Yozganlarim ijtimoiy tarmoqlarda: “Qanday kiyinib yuriş insonning öz huquqi, aqllilik qilib şaxs erkinligiga rahna solmang", "Zamondan qolib ketibsiz!” deya muhokama qilinişiga toqatim yöq. Lekin, kuni keça jamoat transportida davangirdek yigitni yengi yöq mayka kiyib (ançadan beri e'tibor berilmagan qöltiğini köz-köz qilganiça) tepadagi avtobus tutqiçini uşlab turganini körgaç, ensam qotib, klaviatura çiqillatişga tuşdim.
Talaba böliş orzusida yurgan yigit bilan suhbatlaşganimda u: “Qonunda şortikda kelib, hujjat topşiriş mumkin emas, degan talab yöq. Jismoniy mehnat qiladigan joyda işlayman, havo issiq. Şuning uçun şortikda bordim. Institutni kiraverişiga “Şortikda kirilmasin” deya yozib qöyişmabdiku?” dedi. Bir tomondan u haqdir. Oliy va örta maxsus ta'limi vazirligining talaba va öquvçilar uçun ta'lim jarayonida kiyiniş va odob-axloq me'yorlari haqida alohida körsatmasi borligi haqida eşitganim bor. Lekin, bu yigit hali talaba yoki öquvçi emas. Demak, abituriyent mavjud qoidalarga böysunmasa ham bölaveradi degan xulosaga kelişimiz ham mumkin.
Jamoat joylarida man qilingan muayyan kiyimlar haqida gapiriş bu alohida masala. Yozganlarimni öqiyotgan kişilar meni eskiça fikrlaşda ayblasalar ham mayli, lekin öşa: “Uka, hujjat topşirgani şimingni kiyib kelgin” degan ustoz jöyali nasihat qilgan.
Jimjimador va eşitilaverib ta'sir kuçini yöqotayozgan: “Bizning ajdodlarimiz madaniyatni butun dunyoga tarqatgan, biz dunyoda eng ma'naviyatli xalq vakilimiz” degan gaplarni yozgim kelmadi. Aslida özi şunday, lekin takror-takror aytilgan gap - oddiy navbatçi jumlalarga aylanadi. Bir oğiz gapim bor: “Bizdagi “andişa” atalmiş tuyğu boşqalarda uçramasa kerak”. Yana, yurtimiz kişilari fahm-farosat bobida boşqalardan kam bölmagan.












