Geekbench bençmarketi ma'lumotlar bazasida Samsunğning SM-G9600 deb belgilangan yangi smartfoni xarakteristikalari haqida ma'lumotlar paydo böldi, deb xabar beradi 3DNews.
Apparat tarkibida hozirça rasman taqdim etilmagan Qualcomm SDM840 çipidan foydalanilgani ma'lum qilingan. Kuzatuvçilarning taxminiça, bu Snapdragon 820 protsessorining yaxşilangan namunasi — Snapdragon 840 bölişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Snapdragon 820 buyumi taktli çastotasi 2,2 GGts.gaça bölgan törtta 64 bitli Kryo hisoblaş yadrosi, şuningdek Adreno 530 samarador grafik kontrollerga ega. Unda törtinçi avlod mobil tarmoqlarida işlaş imkoniyati beruvçi X12 LTE modemi ham bor.
SM-G9600 smartfonida foydalanilgan protsessorga kelsak, taktli çastotasi 1,77 GGts bölgan törtta hisoblaş yadrosi haqida gap boradi. Tezkor xotira hajmi 4 Gigabaytdan iborat.
Qurilmada Android 7.1.2 Nougat operatsion tizimdan foydalanilgani ta'kidlanmoqda. Displey va kamera xarakteristikalari oçiqlanmayapti.
Kuzatuvçilarning fikriça, yangi telefon Galaxy S8 Lite nomi ostida sotuvga çiqarilişi mumkin. Samsung kompaniyasining özi tarmoqda paydo bölgan axborotlarni izohlamayapti.
Hisob-kitoblarga köra, ötgan yili global bozorda 1,47 milliard smartfon sotilgan. Bu holda 2015 yilga nisbatan ösiş 2,5 foizni taşkil etgan. Joriy yilda smartfon yetkazib beriş 4,2 foizga oşişi va 1,53 milliard donaga yetişi kutilmoqda.












