Özbekiston milliy terma jamoasi 17–23 iyul kunlari JÇ–2018 saralaş bosqiçiga tayyorgarlik köriş doirasida Turkiyada öquv-maşğulotlar yiğinini ötkazadi. Boş murabbiy Samvel Babayan yiğin oldidan intervyu berib, rejalari haqida sözlab berdi.

“Özbekiston terma jamoasi oldiga qöyilgan vazifaga töğri munosabatda bölgan va futbolçilarni har doim ortiqça tösiqsiz terma ixtiyoriga qöyib yuborayotgan klublar boş murabbiylari va rahbariyatiga minnatdorçilik bildiraman.

Şuningdek, bizni har qanaqasiga qöllab-quvvatlagan muxlislar va jurnalistlarga rahmat. Hozir hammaning töğri munosabati va xayrixohligi biz uçun har doimgidan ham zarurroq. Faqat şundagina Özbekiston terma jamoasi oldiga qöyilgan vazifani bajara olamiz. Biz Özbekiston çempionati birinçi davrasida özini körsata olgan futbolçilarni termaga jalb qildik. Bu bilan eng yaqin zaxira kuçlarini batafsil örganib çiqiş imkoniyatiga ega bölamiz.

Uşbu yiğinda iştirok etadigan futbolçilar orasida katta ehtimol bilan saralaşning sönggi ikki muhim öyinida maydonga tuşadiganlar bor. Futbolçilar terma jamoa muhitini his qilib körişlari biz uçun juda muhim. Yiğin davomida ikkita öyindan taşqari futbolçilarni köplab nazariy materiallar taniştirib boramiz. Maqsad – Özbekiston terma jamoasi öyinlarida ilgari suriladigan taktik talablarni yana bir bor ularning yodiga soliş”, – dedi Samvel Babayan.

Qayd etiş joiz, Marat Bikmayev, Islom Töxtaxöjayev, Jamşid Iskanderov, Rustam Aşurmatov va Doston Hamdamov jarohatlardan keyin tiklaniş jarayonini ötkazayotgani uçun, Aziz Ğaniyev, Javohir Siddiqov va Odil Hamrobekov U-23 Osiyo çempionatida iştirok etayotgani bois yiğinga qöşila olmadi.

Eslatib ötamiz, Samvel Babayan Turkiyadagi öquv-maşğulotlar yiğiniga 20 nafar futbolçini jalb qildi. Yiğin FIFA kunlarida ötkazilmayotgani tufayli legioner futbolçilar taklif qilinmadi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasi JÇ–2018 turniri saralaş bosqiçi 9-turini 31 avgust kuni safarda Xitoy termasiga qarşi ötkazsa, 5 sentabr kuni 10-tur doirasida Toşkentda Janubiy Koreyaga qarşi bahs olib boradi.

Ayni paytda Özbekiston 8 ta öyindan keyin 12 oçko töplab, töğridan-töğri qölga kiritilişi mumkin bölgan yagona yöllanma uçun kuraşda 2-örindagi Koreyadan 1 oçkoga ortda qolmoqda.