QHTBT portalida “Ilmiy va innovatsiya faoliyati töğrisida”gi Qonun loyihasi joylaştirildi. Norma.uz’ning yozişiça, loyiha:

•  ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yönalişlarini;
•  ilmiy va innovatsiya faoliyati sub'yektlari, obektlari va infratuzilmasini;
•  sohani boşqariş tizimini;
•  uni moliyalaştiriş mexanizmini belgilaydi.

Davlat  ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni qöllab-quvvatlaşni kafolatlaydi. Xususan, ilmiy faoliyatni moliyalaştirişning har xil turlari nazarda tutilmoqda: bazaviy, grant, maqsadli, aralaş va nodir obektlarni saqlaşni moliyalaştiriş.

Ilmiy, ilmiy-texnikaviy va innovatsiya faoliyatini amalga oşiradigan jismoniy va yuridik şaxslar uşbu munosabatlar sub'yektlari böladi.

Loyihada davlat ilmiy va oliy ta'lim muassasalari ilmiy xodimlariga ilmiy darajalar beriş tartibi, şuningdek ularni ijtimoiy himoya qiliş çora-tadbirlari (har yilgi davomli ta'tillar va h.k.) közda tutilmoqda.

Loyihaga köra, innovatsiya bu – yangi yoki takomillaştirilgan mahsulot (tovar, iş, xizmat va b.) körinişida röyobga çiqarilgan ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va (yoki) texnologik işlarning oxirgi natijasidir.

Qonun loyihasi bilan innovatsiyaning quyidagi turlari ajratiladi.

Loyiha özgartirilişi, töldirilişi yoki rad etilişi mumkin.