Qatar davlat axborot agentligiga hujum Birlaşgan Arab Amirliklari tomonidan taşkil etilgan. U Fors körfazi davlatlari örtasida inqiroz keltirib çiqargan. Bu haqda The Washington Post Amerika razvedkasidagi manbalarga asosan xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotiga köra, amerikalik razvedkaçilar olingan ma'lumotni tahlil qilib, BAA hukumati a'zolari 23 may kuni hujum rejasi va uni amalga oşirişni muhokama qilişganini tasdiqlaşgan.

Hujumning özi 24 mayda yuz bergan. Biroq, u BAA tomonidan töğridan-töğri amalga oşirilgani yoxud ular boşqa tomonga bu borada murojaat qilişgani bilan boğliq masala noma'lumligiça qolmoqda.

Saudiya Arabistoni va BAA may oxirida Qatarning qator saytlarini bloklab qöydi. Qatar bayonotiga köra, bloklangan yangiliklar xakerlik hujumi tufayli e'lon qilingan, şuning uçun haqiqiy emas.