17 iyul kuni «Arsenal» boş murabbiyi Arsen Venger yana bir rekord körsatkiç qayd etdi.
Fransiyalik uşbu mutaxassis şu vaqtgaça klub boş murabbiyi bölib işlaş muddati borasida «Arsenal»ning rekordçisi edi. Endi u bu körsatkiç böyiça APL rekordini ham yangiladi.
17 iyul kunida Venger «kanonirlar» ustozi bölganiga 7583 kun töldi. Bu vaqt davomida u tanaffuslarsiz bir jamoada işladi.
«Mançester Yunayted» klubining afsonaviy murabbiyi Aleks Fergyuson jamoa boş murabbiyi sifatida 7582 kun davomida faoliyat olib borgan.
Bu körsatkiç böyiça uçinçi örinni katta farq bilan orqada borayotgan Devid Moyyes egallab turibdi – 4082 kun («Everton»).
Eslatib ötamiz, Arsen Venger 1996 yil 12 oktabr kunidan «Arsenal» boş murabbiyi sifatida işlamoqda. Şu kungaça u APL doirasida jamoani 790 öyinga boşlab tuşgan. U jamoa bilan 1998, 2002 va 2004 yillarda Angliya çempioni bölgan. Uning jamoa rahbarligida qölga kiritgan sovrinlari soni jami 16ta. Venger IFFHS talqiniga köra, XXI asrning eng yaxşi murabbiyi bölgan.
Venger ötgan oyda yangi ikki yillik şartnomani imzolagandi.












