Yevropa markaziy banki Qatar qirollik oilasi va Xitoyning HNA holdingining Deutsche Bank kapitalidagi iştirokini tekşiruvdan ötkazadi, deb xabar bermoqda Reuters manbalarga asosan.

Körsatilgan aksiyadorlarning har biri bank kapitalining 10 foizdan kamroğiga ega.

«YeMB bu aksiyalar kimga tegişli ekanini örganib çiqiş yoki suriştiruvdan ötkaziş niyatida», - deya ta'kidlab ötdi agentlik manbasi.

Biroq agentlikning qöşimça qilişiça, bunday tekşiruvning sabablari noma'lumligiça qolmoqda. Germaniya moliya vazirligi vaziyatga izoh bermadi. 

Reuters’ning ta'kidlaşiça, odatda bunday tekşiruv sarmoyador moliyaviy jihatdan barqaror ekani, sarmoya mablağlari manbasini aniqlaş, sarmoyador jinoiy işga aloqasi bor yoki yöqligi hamda u terrorizmni moliyalaştiriş yoki pul yuvişga aloqador ekanini aniqlaş maqsadida ötkaziladi.