Rossiya Oliy sudining apellyatsiya kollegiyasi "Iyegova şohidlari"ni ekstremistik taşkilot sifatida tan oliş, uning mamlakat hududidagi faoliyatini taqiqlab, yöq qiliş töğrisidagi sud qarorini ma'qulladi.
Şunday qilib, taşkilot arizasi rad etildi.
"RF Oliy sudining 20 apreldagi qarori özgarişlarsiz qoldirilsin, apellyatsiya murojaati - qanoatlantirilmasin", - degan apellyatsiya kollegiyasi raisi. Şu bilan Sud qarori kuçga kirdi.
"Iyegova şohidlari" himoyasi Oliy sud qarori ustidan yana murojaat qilişni rejalaştirmoqda. "Nuqta qöyilgani yöq. Çunki Oliy sud nafaqat Rossiya qonunçiligini, balki xalqaro huquq me'yorlarini ham buzdi. Biz bu qaror ustidan Yevropa Inson huquqlari kengaşiga murojaat qilamiz", - degan advokat Viktor Jyenkov.
20 aprel kuni RF Oliy sudi "Iyegova şohidlari" taşkilotini ekstremistik taşkilot deb topgan, uning Rossiya hududidagi barça 395 bölimini yopib, ularning faoliyatini taqiqlagan edi.












