Prezidentning 14 iyuldagi qarori bilan “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni ta'sis etildi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida xabar berildi.
 
«Mehnat faxriysi» kökrak nişoni bilan mamlakatning iqtisodiyot, işlab çiqariş, ilm-fan, madaniyat, ta'lim, soğliqni saqlaş, yurisprudensiya va boşqa sohalarida köp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoşidagi fuqarolar, şuningdek, işlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlaş, farzandlarni jamiyat oldida mas'uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yoş avlod vakillariga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaş işlariga bağişlab, jamiyatda hurmat qozongan onalar taqdirlanadi.
 
Kökrak nişoni 3 darajaga ega bölib, quyidagilar taqdirlanadi:

I darajali – kamida 35 yillik mehnat stajiga ega şaxslar (bir yöla tölanadigan pul mukofoti – 4 EKIH);

II darajali – kamida 30 yillik mehnat stajiga ega şaxslar (bir yöla tölanadigan pul mukofoti – 3 EKIH);

III darajali – kamida 25 yillik mehnat stajiga ega şaxslar,  şuningdek, jamiyatda hurmat qozongan işlamaydigan onalar.

I darajali kökrak nişoni yuqori darajali hisoblanadi. II yoki III darajali kökrak nişoni bilan taqdirlanganlar keyinçalik uning yuqori darajalari bilan bosqiçma-bosqiç mukofotlanişi mumkin. Bir darajadagi kökrak nişoni takroran berilmaydi.
 
Taqdirlaş «Nuroniy» jamğarmasining Vasiylik kengaşi qarori asosida amalga oşiriladi. U «Navröz» bayrami arafasida tantanali vaziyatda topşiriladi.
 
Taqdirlanganlar tibbiy xizmatdan imtiyozli foydalaniş huquqiga ega böladilar. Nişon bilan bir qatorda guvohnoma ham beriladi. Taqdirlanganlar yaşaydigan xonadonlar va uy-joylar eşiklariga mis qotişmasidan tayyorlangan belgi örnatiladi.