Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jukovskiy viloyatida xalqaro aviakosmik salon (MAKS) oçilişida qatnaşmoqda.

Tadbir davomida Putin şaharni aylandi va u yerda muzqaymoq sotayotgan qizni körib qoldi. Putin mudofaa vaziri Sergey Şoygu, «Rostex» rahbari Çemezov va Sergey Ivanovni mehmon qilgan.

- Bizni nima bilan mehmon qilasiz, - deb söragan Putin sotuvçi qizdan. - Muzqaymoq bilan, - javob bergan qiz. - Plombir bor. Stakanligi 60 rubl, quyib beriladigani 80 rubl. Kubandan keltirilgan muzqaymoq ham bor,- deb qöşimça qildi qiz. - Yaxşi qiz, bu yerda muzqaymoq yeguvçilar köp,- deb hazillaşdi Putin sotuvçiga 1000 rubl uzatayotib.

Putin nisbatan arzonroq bölgan stakanli plombirni tanlagan. Hukumatning qolgan rahbarlari ham muzqaymoqdan olişdi. - Sizning bir yillik foydangiz qança?,- deb söradi Putin «Rostex» rahbaridan. - 80 milliard,- javob berdi u. - Unda bemalol muzqaymoq sotib olişingiz mumkin ekan,- deya barçani kuldirgan Putin.