Yaponiyalik şifokor Sigeaki Xinoxara hayotdan köz yumdi. U mamlakatning yuz yoşdan keyin ham mehnat faoliyatini davom ettirgan va faol uzoq umr köriş timsoliga aylangan fuqarosi edi. Xinoxara 106 yoşida Tokioda hayot bilan vidolaşdi, deb xabar qilmoqda NHK telekompaniyasi.

Xinoxara Avliyo Luk nomidagi xalqaro klinikaning boş şifokori, direktorlar kengaşi raisi va faxriy boş şifokori edi. U 90 yoşida «Töğri yaşaş» nomli essesidan söng tanildi. Bu asar 1,2 million nusxadan ortiq miqdorda naşr etildi. U soğlom turmuş tarzi, hayotga ijobiy qaraş va uzoq umr köriş bir-biri bilan boğliq ekanini isbotladi. 

Xinoxara 88 yoşida myuzikl uçun ssenariy yozib, unda qahramonlardan birini ijro etdi. 90 yoşida öz orzusini amalga oşirib orkestrga dirijyorlik qildi. U şifoxonadagi bemorlar uçun ham musiqa keçalari taşkil etib turar edi, deb yozadi telekompaniya. 

Şifokor 105 yoşlik yubileyida tantanali ravişda nişonlab, mehmonlar bilan Tayvanga sayohat qilgan.
 
Sigeaki Xinoxara 18 iyul kuni ertalab nafas organlari yetişmovçiligidan vafot etgan.