«Barselona» hujumçisi Neymar klubdan ketmoqçi emas va yangi mavsumga tayyorgarlik körmoqda. U «PSJ»ga ötayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
«Ötgan mavsum «Barselona»dagi eng yaxşi mavsumim böldi. Men bu yerda baxtiyorman, bu menga yanada yaxşiroq öynaşimga yordam bermoqda. Men özimning yaxşi sifatlarimni namoyiş etmoqdaman. Ha, biz özimiz istagan barça sovrinlarni yuta olmadik. Lekin men bu yerda hammasi qoniqtirmoqda. Men ayni vaqtda yangi mavsumni sabrsizlik bilan kutmoqdaman, bu mavsumda yanada ajoyib lahzalar bölişiga umid qilaman», - deya Neymarning sözlarini keltirgan Mundo Deportivo.
Ötgan kunlar davomida Neymar «PSJ»ga ötişi, parijliklar jamoasi uning transferi uçun 222 million yevro tölaşga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Keyinroq kataloniyaliklar klubi sport direktori Robert Fernandes uşbu futbolçini sotib olişga heç bir klub qodir emasligi, uning qolişi 200 foizga aniq ekanini aytib ötgandi.
Futbolçining klub bilan amaldagi şartnomasi muddati 2021 yilga qadar tuzilgan.












