Sönggi yillarda energiya resurlaridan debitor qarzdorlikni kamaytiriş, ulardan noqonuniy foydalaniş holatlarining oldini oliş borasida talabga javob bera oluvçi işlar olib borilmagan: elektr energiyasi va gaz tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş yoki talon-torojlikka yöl qöyilgan holatlar oşib borgan.
Ana şu kamçilik va xatolarni hisobga olgan holda prezidentning 29 maydagi farmoniga asosan Boş prokuratura huzurida taşkil etilgan Majburiy ijro byurosiga energiya resurslari uçun tölovlarni öz vaqtida va töliq undiriş, elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulaniş hamda talon-torojlikning oldini oliş, sud va boşqa hujjatlarning ijrosini sözsiz ta'minlaş kabi muhim vazifalar yuklatildi. Bu haqda Kun.uz'ga Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boşqarmasi ma'lum qilmoqda.
Tölov tizimini yaxşilaş orqali elektr va gaz tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, barça hududlarda yangi işlab çiqariş va xizmatlar körsatiş obektlarini işga tuşuriş, aholining turmuş darajasi va farovonligini oşiriş eng muhim vazifalar hisoblanadi.
Şu örin eslatib ötiş lozim, bundan keyin energiya resuslari uçun tölovlar uçun bu korxonalar xodimlari xonadonma-xonadon yurmaydi. Agar boradigan bölsa ham, pul tölaş mumkin emas. Faqat byuro xodimlari boradi. Byuro xodimlari joylardagi hisoblagiçlar nazoratini ham amalga oşiradi va tölov joyida amalga oşiriladi.
Yuridik şaxslarning gaz tölovlari özaro dalolatnomalarga asosan amalga oşiriladi.
«Kun.uz» tahririyatiga berilgan ma'lumotlarga köra, bugungi kunda Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boşqarmasi tomonidan ham işlar töliq olib borilmoqda. Tajribali mutaxassislar jalb etilib, işga qabul qilinganlar oldiga qöyilgan vazifa va topşiriqlarni talab darajasida bajarişga kirişdi.
Bugungi kunda viloyatda elektr energiyasidan debitor qarzdorlik 328,4 mlrd. sömni, tabiiy gazdan 299,9 mlrd. sömni taşkil etib, yil boşiga nisbatan debitor qarzdorlik elektr energiyasidan 43,4 mlrd. sömga va tabiiy gazdan 8,9 mlrd sömga oşgan. Uşbu qarzdorlikni kamaytiriş esa Majburiy ijro byurosi xodimlariga mas'uliyat yuklaydi.
Elektr energiyasi böyiça qarzdorlarga 9,7 mlrd. sömlik 20.638 ta va tabiiy gaz böyiça 3,7 mlrd. sömlik 11.232 ta qarzdorlikni bartaraf etiş böyiça talabnomalar yuborilgan.

Şuningdek, viloyat böyiça energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş böyiça 168 ta huquqbuzarlik foş etildi.












