Sayyoraning eng olis burçaklariga ham olib boriş mumkin bölgan mobil jarrohlik xonalari bir neça yuzlab insonlar hayotini saqlab qolişi mumkin. Rossiyaning «Şvabe» holdingi Innoprom-2017 körgazmasi doirasida yangi, noyob mobil jarrohlik xonasini namoyiş etdi. U Il-96-400T samolyotining bortida joylaşgan.
Işlanma “Amigo” (Avtonom mobil intellektual gibridli jarrohlik xonasi) deb nomlandi. Loyihani yaratişda Tyumendagi gibridli jarrohlik xonasining statsionar nusxasi asos qilib olindi.

Jarrohlik xonasi eng murakkab operatsiyalarni yuqori texnologiyali asbob-uskunalardan foydalangan holda bajariş imkonini beradi. Aviajarrohlik xonasining ustun jihatlaridan biri – barça içki a'zolar va tizimlarni tez hamda aniq taşxis qilişni jarrohlik amaliyoti bilan uyğun holda bajariş, amaliyotda bir neça jarrohlar guruhining turli anatomik sohalarda iştirok etişi imkoniyati. Dunyoda birinçi bor murakkab operatsiyalarni qurilma va asbob-uskunalarni samolyot bortiga olib çiqmasdan bajariş imkoni paydo böldi.
Innoprom-2017 körgazmasi doirasida jarrohlik xonasi Il-96-400T samolyoti bortida qanday joylaşişi körsatib berildi. Mobil jarrohlik xonasi bemorlar talabi bilan ham parvozlarni amalga oşirişi mumkin.











