Özbekistonda Davlat soliq qömitasida özgarişlar kutilmoqda.

«Kun» manbalari bergan ma'lumotlarga köra, respublika prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12 iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda Özbekiston Ekologik harakati vakillari bilan ötkazilgan videoselektorda Soliq tizimi töla özgarişi haqida ma'lum qilgan.

Endilikda, Davlat soliq qömitasi Moliya vazirligi bölinmalaridan biriga aylanişi kutilmoqda. 

Şuningdek, qömita öz faoliyatini Boş prokuratura tarkibida davom ettirişi mumkinligi ham aytilgan.

Tegişli qarorda qömitaning keyingi taqdiriga oydinlik kiritiladi.

Avgust oyidan qömitaning mustaqil fiskal tizim sifatidagi faoliyati töxtatilişi aytilgan.

Hozirda tuman soliq inspeksiyalari xodimlari Boş prokuratura qoşida taşkil etilgan majburiy ijro etiş byurosiga ötkazilmoqda. Byuroga qömitaning soliq tuşumlarini yiğiş vakolatlari ötadi.

Mutaxassislar bu yangi özgariş soliq-byudjyet siyosati samaradorligini oşirişiga işonç bildirişgan. Ular dunyo tajribasida soliq qömitasi Moliya vazirligining bir strukturasi ekanini keltirişmoqda (misol sifatida Yaponiya) va bunday tizim soliq-byudjyet siyosatini samaraliroq qilişini ta'kidlaşmoqda.