2017 yilning 18 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya Bryussel şahrida Yevropa Ittifoqining Taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça Oliy vakili, YeI Komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan uçraşdi.

Taşqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan özaro aloqalarga oid qator masalalar muhokama qilindi va Özbekistonda bölib ötadigan “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” vazirlar uçraşuvida kun tartibi yuzasidan fikr almaşildi.

Abdulaziz Komilov Federika Mogerinini şu yilning kuzida Samarqand şahrida BMT rahbarligida ötkaziladigan Markaziy Osiyoda xavfsizlikni va barqarorlikni ta'minlaş muammolari böyiça xalqaro anjumanga taklif etdi.

Şuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari ham körib çiqildi.