Aleksandr Sveçnikov va Nozima Qayumova 14−23 iyul kunlari Londonda bölib ötayotgan paralimpiya jahon çempionatida oltin va kumuş medallarni qölga kiritdi. Bu haqda Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi «Kun.uz»ga xabar qildi.
Nayza uloqtirişda Aleksandr Sveçnikov 71,01 m natija bilan jahon rekordini yangilab, jahon birinçiligi oltin medali sohibiga aylandi. E'tiborlisi, avvalgi jahon rekordi ham aynan Sveçnikovga tegişli edi (70 m).

Xuddi şu sport turi böyiça Nozima Qayumova ayollar örtasida 41,25 m natija bilan kumuş medalga sazovor böldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Husniddin Norbekov disk uloqtirişda, Doniyor Soliyev esa uzunlikka sakraşda «oltin» sohiblariga aylangan edi.











