Bokuda «Islom birdamlik öyinlari»ning 18 may kungi musobaqalari bölib ötmoqda. Bugungi bellaşuvda Özbekiston terma jamoasining 14 nafar vakili sportning 5 turida öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazmoqda.
Ayni vaqtga kelib, terma jamoaning kun hisobidan birinçi oltin medali qölga kiritib bölindi.
Para-atletika yönalişida iştirok etayotgan Aleksandr Sveçnikov erkaklar örtasidagi nayza uloqtiriş (F13) bahslarida tengsiz böldi va oltin medal oldi. U nayzani 70 m masofaga uloqtirdi va jahon rekordini örnatdi.
Tennis
Yakkalik bahslarida iştirok etayotgan Sergey Fomin nimçorak finalda turkmanistonlik Y. Rogesskiyni 6:2, 6:2 hisoblarida mağlubiyatga uçratdi va çorak finalga yöl oldi.
Saida'lo Saidkarimov esa bugun Saudiya Arabistoni vakili A. Alhaqbaniyga qarşi bahs yuritadi.
Kamola Umarova esa ozarboyjonlik Amina Dikni mağlubiyatga uçratib, çorak finalga ötib böldi.
Taekvondo
-62 kg vazn toifasida turnirda iştirok etayotgan Umida Abdullayeva dastlabki jangida pokistonlik Yamna Siddiqiyni mağlubiyatga uçratdi (20:0). Çorak finalda esa Qozoğiston vakili Gulim Bibalayevadan ustun keldi (4:3). Endi u finalga çiqiş uçun marokaşlik Saukayna Elauniy bilan bahslaşadi.
Iştirokini töğridan-töğri çorak finaldan bahslarni boşlagan Nikita Rafaloviç (74 kg) marokaşlik Aşraf Mahbubiyga qarşi jang ötkazdi va 25:4 hisobi bilan ğolib böldi. Endi u yarim finalda Iordaniya vakili Anas Aladarbiyga qarşi dayanga çiqadi.
Yunon-rum kuraşi
Sportning uşbu turi böyiça 130 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Möminjon Abdullayev musobaqaning finaliga yöl oldi. U ilk jangda suriyalik R.Alkradni 8:4 hisobida mağlub etdi. Yarim finalda esa mezbonlar vakili Saboh Şariati 8:4 hisobida taslim qilindi. Endi u keçqurun finalda Turkiya vakili O. Yildirimga qarşi gilamga çiqadi.
Turnirda -66 kg vazn toifasida iştirok etayotgan Mirzobek Rahmatov bronza medal olişi mumkin. Çorak finalda töğridan-töğri iştirok etgan bu sportçi ilk jangda marokaşlik A.Hanineni mağlubiyatga uçratdi. Yarim finalda esa mezbonlar vakili K.Mammadovga qarşi gilamga çiqib yutqazdi. Endi u bronza medal uçun eronlik M.Zaydvandga qarşi gilamga çiqadi.











