Yorqinbek Odilov Parij-2024 paralimpiya öyinlarida yengil atletikaning nayza uloqtiriş yönalişida 50 metr 32 sm natijani qayd etib, çempionlikni qölga kiritdi. “Oyoğimni “Kamaz” bosib ketgan kun hamon yodimda. Bir oyoq bilan soğlom odamlar safiga qöşiliş oson bölmadi. Lekin hammasini uddaladim”, deydi çempion.
Kun.uz muxbiri Qöştepa tumani Şomirza mahallasida yaşovçi Yorqinbek Odilov oilasida bölib, uning yaqinlari bilan suhbatlaşdi.
Baxtsiz hodisada bir oyoqdan ayrildim...
“7 yoşimda avtohalokat tufayli bir oyoğimdan ayrildim. 9 yoşimda protez oyoq kiyganman. Bu ota-onam, oilam uçun qattiq tuşkunlikka sabab böluvçi hodisa bölgan.

Ayni öynab-kuladigan davrda bunday baxtsiz hodisaga uçraş oğriqli edi. Vaqtlar ötib Olimpia zaxiralari kollejiga öqişga qabul qilindim. Bobom ança yillardan beri pedagog sifatida faoliyat yuritganliklari uçun xarakterim va jismoniy, ruhiy holatimga qarab turli tavsiyalar bergan. Birinçi ustozim bobom.

Parij-2024 paralimpiya öyinlarida yengil atletikaning nayza uloqtiriş yönalişida 50 metr 32 sm natija bilan çempion böldim. Parij-2024 öyinlari men uçun alohida ahamiyatga ega maydon böldi, çunki şu davrgaça xalqaro musobaqalarda iştirok etib raqiblarim ustidan ğalaba qozona olmagan edim.
2023 yil para jahon çempionatida kumuş medalni qölga kiritdim. Öşanda 49 metr 39 santimetr uzunlik natijasi qayd etilgan edi.
Har bir sportçi olimpiada öyinlarida iştirok etişni orzu qiladi. Parij-2024 paralimpiya öyinlarida oltin medalli böldim.

Bungaça ham Tokio-2020 öyinlarida iştirok etib, rekord natijani yangilaganman, mendan keyin yana 3 nafar jahonning közga köringan sportçilari öz rekordlarini yangiladi.
Oltin medalni qölga kiritgan musobaqam mustaqillikning 33 yillik bayrami kuniga töğri keldi. Murabbiyim Sardorbek Abduhalikov, Yahyobek Yoqubov musobaqadan oldingi kunlarda ruhiy jihatdan öyinlarga tayyorgarligimizga köproq e’tibor berişadi. Murabbiy şunday insonlarki, öz şogirdlarining muvaffaqiyati uçun ham diyetolog, ham murabbiy, ba’zida maslahatçi ham bölişadi.














