Finlyandiyada nayza uloqtiriş bööyiça musobaqalar taşkilotçilari nayzani uzoqqa uloqtiriş böyiça rekordni yangilaydigan atletga orol sovğa qilişmoqçi. Bu haqda Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyuşmasi (IAAF) matbuot xizmati ma'lum qildi.
Amaldagi rekord finlyandiyalik Aki Parviaynenga tegişli bölib, u 1999 yilda nayzani 93,09 metrga uloqtira olgan.
Kim rekordni yangilasa, öşanga Turku arxipelagidagi orollardan biri sovğa qilinadi.
Ta'kidlanişiça, germaniyalik Olimpiya çempioni Tomas Roler hamda uning hamyurti va amaldagi jahon çempioni Yoxannes Vetter uşbu mukofot uçun kuraşiş istagini bildirganlar.
Musobaqa esa 5 iyunda bölib ötadi.











