Saudiyalik 100 yoşli Yahyo bin Fayi al Ritiy endi savodini çiqarişni boşladi. U Vişa ma'muriy birligi fuqarosi sifatida Al Sada Markazidagi savodxonlik kampaniyasi doirasida taşkil etilgan yozgi maktabga qatnay boşladi. Bu haqda Arabnews xabar qilmoqda.

Yahyo kampaniyada iştirok etayotgan 900 nafar erkak va ayollardan biridir. U soğliğining yaxşi emasligiga qaramay, öqişga qiziqmoqda. Uning aytişiça, öqiş va yozişni örganiş azaliy orzusi bölgan va bugungi kunda u Qur'oni Karim oyatlarini öqiy boşlaganida orzusi uşalganini his qilmoqda. 

Bu yilgi yozgi kampaniya 2 oy davom etib, unda 30dan ortiq öqituvçi öqiş-yozişni bilmaydigan fuqarolarga ilm beradi. 

Talabalarning yana biri Yahyo al Qohtaniy ham öqiş-yozişni örgatuvçi yozgi maktabga qatnayotganidan xursandçiligini yaşirmagan va ta'lim departamentining bu boradagi sa'y-harakatlarini e'tirof etgan.

Uning safdoşlaridan yana biri Ibrohim bin Ahmad Said Faroj kitoblarini kötargan holda sinfxonaga kirar ekan, “men öqiş va yozişni örganiş uçun taqdim etilayotgan uşbu imkoniyatdan foydalanib qoliş maqsadida dalamni va omoçimni taşlab kelayapman”, deya ta'kidladi.