Kuvayt hukumati eronlik 15 diplomatni mamlakatdan çiqarib yuboriş, harbiy attaşe va madaniyat işlari böyiça attaşe apparatini yopişga farmoyiş berdi. Bu haqda Sky News Arabia telekanalida ma'lum qilingan.
«Biz Kuvayt manfaatlari himoyasi uçun mamlakatdagi Eron diplomatlariga qarşi diplomatik çoralar kördik» , — degan Kuvayt axborot vaziri.
Ma'lum qilinişiça, payşanba kuni Eron elçixonasiga harbiy va madaniyat attaşesi apparati yopilgani bildirilgan nota yöllangan. Kuvayt hukumati eronlik 15 diplomatga mamlakatdan çiqib ketiş uçun 45 kun muhlat bergan, endilikda mamlakatda eronlik 4 diplomat qoladi.
Şuningdek, Kuvayt hukumati Eron bilan hukumatlararo qömitalar faoliyatini töxtatişga farmoyiş bergan.
Bunday çoralar yakşanba kuni bölib ötgan suddan keyin qabul qilindi. Kuvayt kassatsiya sudi 2016 yil Eron foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topilgan şaxsga çiqarilgan ölim jazosini umrbod qamoq jazosi bilan almaştirgandi.
Nomi ma'lum qilinmagan sudlanuvçi 2016 yilda iştirokçilari Eron va «Hizbulloh» şialar harakati foydasiga josuslik qilganlikda hamda mamlakat xavfsizligiga xavf soluvçi harakatlarni tayyorlaşda aybdor deb topilgan «Al-Abdali» bölimiga kirgan.











