Ekvadordagi qator ekologik kompaniyalar noyob qurbaqalarni 600 dollardan sotişga majbur bölmoqda. Firmalar şu tariqa qurbaqalarni noqonuniy ovçilar va yöq bölib ketiş xavfidan saqlab qolmoqda, deb yozadi AFP.

Ta'kidlanişiça, qurbaqalar laboratoriyalarda köpaytiriladi. Bu mahalliy faunaga ta'sir qilmaslik maqsadida amalga oşiriladi. Şundan söng ularni etik biosavdo, deb ataluvçi sxemaga kiritişadi. Agentlik ma'lumotiga köra, ham suvda, ham quruqlikda yaşovçi bu jonivorlarni Kanada, AQŞ, Yaponiya hamda Yevropa davlatlariga sotişmoqda.

— Bu qurbaqalarning baland narxlari, noqonuniy ovçilik bilan şuğullaniş qanday foyda keltirişi haqida tasavvur beradi, — deydi ekologik kompaniyalardan birining menejyeri Lola Garderas.

Ma'lumot uçun, Ekvador hududida qurbaqalarning 600 dan ortiq turi yaşaydi, ularning 186 tasi yöq bölib ketiş xavfi ostida. Mamlakat hukumati ham suvda, ham quruqlikda yaşovçi bu jonivorlarni öldiriş va sotişni taqiqlagan.