Toşkent şahridagi «Novza» jome' masjidida katta kölamdagi quriliş işlari amalga oşiriladi. Bu haqda Din işlari böyiça qömita saytida ma'lum qilingan.

19 iyulda Özbekiston musulmonlari idorasi, Toşkent şahar vakilligi hamda keng jamoatçilik masjidda amalga oşiriladigan quriliş-ta'mirlaş işlarini boşlaş uçun yiğilişgan.

Rejaga köra, masjid hovlisiga namozxonlar uçun zamonaviy talablar asosida ayvon quriladi. Şuningdek, masjid tahoratxonasi yangilanadi.

Masjid ma'muriyati «Kun» fotomuxbiriga loyiha suratlarini taqdim etgan.

Uşbu masjid respublikadan haj va umra safarlariga otlanadigan ziyoratçilar uçun sönggi kuzatiş maskani ekani hisobga olinib, bu yerda ayollar uçun alohida tahoratxona bölişi hisobga olingan.

Quriliş-ta'mirlaş işlari Mustaqillik bayrami arafasida tugallanişi belgilangan.