Özbekiston Yoşlar ittifoqi Samarqand şahar Kengaşi tomonidan Özbekiston Respublikasida «Yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar Dasturi»ni amalga oşiriş maqsadida «SamAvto» korxonasining 500 nafarga yaqin xodimi iştirokida yoşlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini tuşuntiriş, uni korxona yoşlari örtasida tarğib qiliş maqsadida tadbir ötkazildi. 

«Uşbu tadbirda şu yilning 30 iyun kuni poytaxt Toşkentda bölib ötgan «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida davlat rahbari Ş.Mirziyoyev tomonidan bildirib ötilgan yoşlar faoliyatiga oid talab va takliflar, yoşlarga qaratilayotgan e'tibor va ğamxörliklar, ularning oldiga qöyilgan vazifalar haqida tuşuntiriş berdik, zavod yoşlarining fikr va mulohazalarini eşitdik», — dedi Özbekiston Yoşlar ittifoqi Samarqand şahar kengaşi raisi Rustam Sultonov Kun.uz muxbiriga.

Tadbir mobaynida, şuningdek, Özbekistonda uyuşmagan yoşlar bilan işlaş tizimini şakllantiriş masalalari töğrisida ma'lumotlar öqib eşittirildi. Tadbir savol-javob va oçiq muloqot tarzida ötkazildi.