Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida “Davlat xizmati töğrisida”gi Qonun loyihasi konsepsiyasi muhokamasiga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Abduhakimov öz taqdimotida qonun loyihasi xorijning ilğor tajribasi inobatga olinib tayyorlanayotgani, şu bilan birga, unga bir qator qöşimçalar aks ettirilişi rejalaştirilayotganini ta'kidladi. Qayd etiş lozimki, işlab çiqilayotgan qonunda meritokratiya tuşunçasi – ijtimoiy kelib çiqişi va moliyaviy darajasidan qat'i nazar eng qobiliyatli kişilarning rahbarlik lavozimlarini egallaşlariga asoslangan boşqariş prinsipi joriy etiladi.

Jahon tajribasi va MDH mamlakatlari, Singapur, Yaponiya, Koreya, Yevropa tajribasi şuni körsatmoqdaki, yaxlitligiça davlat apparatining asosiy prinsiplari, şakllaniş va faoliyat yuritiş mexanizmlari yanada yaqqolroq aks etgan “Davlat xizmati töğrisida”gi Qonun davlat boşqaruvining asosiy hujjatlaridan biri sanaladi.

Qonun loyihasi davlat xizmatçilarining huquqiy maqomi, taşkilotning asosiy prinsiplari va davlat xizmati tizimining faoliyatini tartibga soliş, davlat xizmatçilari kadrlari tarkibini şakllantiriş, tanlov asosida yollaş, ötkaziş, faoliyatni baholaş, xizmatdan böşatiş masalalari, davlat xizmatçilarining ijtimoiy va pensiya ta'minotini hisobga olgan holda, halol va fidokorona xizmatni moddiy va nomoddiy şaklda rağbatlantiriş mexanizmlari, şuningdek, xizmat etikasi va korrupsiyaga qarşi kuraş masalalarini ham tartibga solişni közda tutadi.

Mazkur qonun loyihasini işlab çiqişning dolzarbligi u 11 ta vazirlik, 7 ta davlat qömitasi, 6 ta agentlik, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 3 ta qömita, 6 ta Markaz, 7 ta davlat inspeksiyasi, şuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlari xizmatçilariga bevosita daxldorligi bilan e'tirofga sazovor.

Uçraşuvda iştirok etgan ekspertlarning ta'kidlaşiça, qonun konsepsiyasi mohiyati va mazmuni mamlakatni istiqbolda rivojlantiriş yölida turgan dolzarb masalalarga javob beradi hamda davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatini yanada takomillaştirişga sezilarli hissa qöşişi mumkin. Amalga oşirilayotgan özgarişlar asnosida mazkur qonun qabul qilinadigan bölsa, u davlat va jamiyat munosabatlaridagi tuzilmaviy özgarişlar katalizatoriga aylanişi mumkin.

Davra suhbati işida iştirokçilar tomonidan qonun loyihasida davlat xizmatçilari faoliyatining natijasini ular tomonidan körsatilayotgan davlat xizmati bilan boğlovçi samaradorlikning asosiy körsatkiçlarini (KPI) özida aks ettiruvçi mezonni kiritiş zarurligi qayd etildi.