Hindiston mudofaa vazirligi mamlakat HDK uçun oltita atomli bölmagan submarinani xarid qiliş jarayonini boşladi. Ularning umumiy qiymati 7,76 mlrd dollarga teng. Hindiston jahondagi yetakçi işlab çiqaruvçilarga bu borada murojaat yöllagan.

"Qiymati 7,76 mlrd dollar bölgan oltita suvosti kemasi hind xususiy kemasozlik korxonasida quriladi. Korxona hukumat tomonidan tanlanadi, xorijiy şerik esa oddiy tender asosida aniqlanadi", - deya qöşimça qilib ötişgan mudofaa vazirligidan. Bu strategik şeriklikning tasdiqlangan modeli böyiça ilk loyiha böladi. 

Rasmiy manbalarga köra, Hindistondan bu borada "Rosoboroneksport" va "Rubin" korxonalari (Rossiya), Mitsubishi Heavy Industries va Kawasaki Heavy Industries (Yaponiya), Naval Group (Fransiya), Navantia (Ispaniya), Saab (Şvetsiya) hamda ThyssenKrupp Marine Systems (Germaniya) murojaat olgan.

Hindistonlik harbiylarning umid qilişiça, yangi suvosti kemalari “zamonaviy va juda katta tahdid uyğota oluvçi” böladi. Ularni havoga ta'sirçanligi bölmagan energetika qurilmalari bilan jihozlaş közda tutilmoqda. Bu ularning suziş masofasi, şovqin çiqarişini yaxşilaydi va uni aniqlaş imkoniyatini pasaytiradi.