Android yaratuvçisi Endi Rubin Essential Phone smartfonlari qaçon yetkazib berilişini ma'lum qildi. Kompaniya rahbari ehtimoliy xaridorlarga maktub yöllab, unda yetkazib beriş “yaqin bir neça hafta içida” amalga oşişini aytiladi.
Maktub Essential’ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida e'lon qilindi. Unda aytilişiça, kompaniya hozirda amerikalik va xalqaro mahsulot yetkazib beriş xizmatlari bilan işlamoqda hamda qurilmani sertifikatlaş masalasini hal etmoqda. Bu jarayondagi murakkabliklar nima bilan boğliq ekani aytilmayapti. Sotuvlar qaçon boşlanişi oçiqlanmagan.
2017 yilning 17 iyul kuni The Financial Times gazetasi Essential AQŞdan taşqari, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Yevropada ham smartfonlar sotişni rejalaştirayotgani haqida xabar qilgandi.
Endi Rubin Essential PH-1 smartfonini 2017 yilning may oyi oxirida taqdim etdi. Öşanda u yetkazib beriş işlari 30 kun içida boşlanişiga va'da berdi, biroq bu röy bermadi. Iyul oyi örtalariga kelib smartfonlar hamon sotuvga çiqarilmadi.












