Amerikaning Facebook kompaniyasi modulli smartfon, deb ataluvçi qurilmaga patent oldi. Foydalanuvçi uning detallarini özi özgartirişi mumkin.
Business Insider internet-portalining xabar qilişiça, bunday gadjyet Facebook’ning Building 8 nomli maxfiy bölinmasi tomonidan işlab çiqilmoqda.
Patentda aytilişiça, bu modulli elektr mexanik qurilma bölib, u dinamik, sensorli displey, mikrofon va GPS signalini qabul qiliş datçigiga ega. Business Insider mutaxassislarining fikriça, ijtimoiy tarmoq özining modulli smartfoniga patent olgan.
Qurilmani yaratiş ustida avval Google korporatsiyasi uçun modulli smartfonni işlab çiqiş bilan şuğullangan xodimlar işlamoqda. Öşa loyiha amalga oşirilmay qolgandi. Bundan taşqari, Building 8 jamoasida Apple hamda Amazon kompaniyalarining sobiq xodimlari ham bor.
Facebook yangi smartfon borasida hozirça rejalari bilan örtoqlaşişga şoşilmayapti. Ijtimoiy tarmoq vakillarining portalga ma'lum qilişiça, hozirda maxfiy bölinma maşinali örgatiş texnologiyasini yaratişga asosiy e'tiborni qaratmoqda.












