LG kompaniyasi Q8 smartfonini — V20’ning kiçraytirilgan namunasini işlab çiqardi. U qöş kameraga ega, Snapdragon 820 protsessori va qöşimça displey bilan ta'minlangan. Bu haqda GSMArena portali xabar bermoqda.
Qurilma IP67standarti böyiça himoyalangan metall korpusga, tovuş sifatini yaxşilovçi Quad DAC çipiga ega, protsessori esa yuqorida aytib ötilganidek, Snapdragon 820. LG Q8 akkumulyatorining siğimi — 3000 mA/soat. Yangi telefon Android 7.0 Nougat boşqaruvi ostida işlaydi. LG Q8 ning sotuvi şu oyda boşlanadi.
Smartfon 2 ta asosiy kameraga ega böldi: birinçisi — 13 MP kengburçakli linza (135°/10mm, f/2.4) ga ega, ikkinçisi — 8 MP. Asosiy kamera 4K (2160p) sifatda video suratga olişi mumkin. Frontal kamera 5 MP ziçlikka ega va Full HD video suratga olişi mumkin.












