«Barselona» hujumçisi Neymar Fransiyaning «PSJ» klubiga ötişga tayyor bölib turibdi va parijliklar bilan şaxsiy şartnoma borasida kelişuvga erişdi, deya xabar beradi ESPN FC.

Manba bergan xabarga köra, braziliyalik futbolçi «PSJ» rahbariyatiga ham ularning jamoasiga ötişni istayotgani haqida xabar bergan. U fransuz klubining «Barselona»ga Neymar transferi uçun 222 mln yevroni tovon puli sifatida tölaşi kerakligini anglatadi.

25 yoşli Neymar otasi bilan birga «PSJ» vakillari bilan bir neça kundan beri muzokaralar olib borgan. Tomonlar futbolçining yillik maoşi 30 mln yevrodan iborat bölgan tört yillik şartnoma imzolaş böyiça kelişuvga erişişgan. Futbolçining özi ham agar jamoasini almaştiradigan bölsa, buning evaziga katta pul işlab oladi.

Agar Neymarning transferi amalga oşsa, bu futbol tarixidagi rekord böladi. Hozirda bu rekord «Mançester Yunayted» futbolçisi Pol Pogbaga tegişli bölib, jamoa uning uçun «Yuventus»ga 105 mln yevro (bonuslar bilan 110 mln yevro) tölagandi.