Doha hozirgi blokadaga bardoş beriş uçun yetarli resurslarga ega, biroq Qatar mojaro tezroq hal etilişidan manfaatdor. Bu haqda amirlikning Rossiyadagi elçisi Fahod Muhammad al-Attiya RIA Novosti’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

"Qatarda hozir şaroit va holatda yaşaşda davom etiş uçun resurslar bor. Bu blokada taşabbusi bilan çiqqan davlatlar xalqaro normalarni bajarişga ötmagunça yuz berişi mumkin... Biz uçun şunisi aniqki, vositaçi – Kuvayt – öz sa'y-harakatlariga xalqaro qöllab-quvvatlovga ega, hamda biz mojaro tezroq hal etilişidan manfaatdormiz. Uni çözişni istamaymiz, sababi har ikki tomondagi insonlar uçun bu vaziyat juda katta ziyon keltirdi", - dedi elçi.

Şu bilan birga, uning qöşimça qilişiça, Qatar “tez orada qonuniy jarayonlarga ötadi”, bu blokada taşkilotçi davlatlari “heç qanday konstruktiv harakatlarni qilmasa va vositaçilik muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topsa, röy beradi”.