Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning mamlakat aholisi orasidagi nufuzi darajasi bir oy içida 10 foizga pastlagan, bu esa tarixdagi eng yomon körsatkiçlardan biridir. Ifop tomonidan Journal du Dimanche haftanomasi buyurtmasiga binoan ötkazilgan sörov natijalari şunday xulosa bermoqda.
Qayd etilişiça, iyul oyida Makronga bölgan işonç darajasi 54 foizlik körsatkiçni qayd etgan, iyun oyida Makronning reytingi 64 foizni taşkil qilgandi. Hisobotda aytilişiça, bunday natijalar mudofaa byudjyeti bilan boğliq mojarolar, şuningdek, aholi örtasida saylovoldi va'dalari bajarmasligidan xavfsiraş yuzaga kelgani tufaylidir.
Naşrning qayd etişiça, bu prezidentga işonç borasida 1995 yilda Jak Şirak bilan bölgan natijadan keyingi eng çuqur pastlaşdir.
Xabar qilinişiça, köplab respondentlar Fransiya armiyasining boş ştabi boşliği Per de Vile Makron bilan kelişa olmasdan iste'foga çiqqani uçun prezidentni tanqid qilişmoqda.
Fransiya boş ştabi boşliği Makron bilan kelişa olmagani tufayli iste'foga çiqdi












