Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan taşkil etilgan joylardagi Xalq qabulxonalari talab darajasida işlayaptimi? Ular aholining oğirini yengil qiliş borasidagi öz vazifasini qanday bajarmoqda? Afsuski, bu savollarga Samarqand viloyatidagi qabulxona faoliyati asosida ijobiy baho beriş muşkul. 

17 iyun kuni Samarqandda bölib ötgan yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatçisi Tursinxon Xudaybergenov viloyatdagi Xalq qabulxonalari işidan norozi ekanligini ta'kidlab ötgan edi. Keling, buning isboti sifatida aniq misollarga murojaat etaylik.

Ikkinçi guruh nogironi Faridun Ibragimov 2017 yilning 25 mayida Samarqand viloyat Xalq qabulxonasiga quyidagi şikoyat-ariza bilan murojaat qilgan edi:

«Samarqand şahar Içki işlar boşqarmasi jinoyat qidiruv bölimida işlab yurgan vaqtimda, iş paytida tan jarohatini boş qismimda olib, ikkinçi guruh nogironi bölib, nafaqaga çiqqan edim. 2004 yildan beri biror marotaba sanatoriyaga borganim yöq. Içki işlar boşqarmasi poliklinikasidan har yili sörayman, «erta-indin», deb aldab kelişadi. «Yöllanma bölsa qönğiroq qilamiz», deya, quruq va'da berişadi. Qonun doirasida men va xotinimga yöllanma berişlari kerak. 

Bir oy oldin borganimda, «yöllanma bölsa, özimiz qönğiroq qilamiz», deb aldaşdi. Men davlatimiz uçun yarim jonimni berib, nogiron böldim. Qaçongaça bularning quruq va'dasiga işonib yuriş mumkin? Men qonuniy yöllanma uçun ularga farzandlarimning rizqidan qirqib, biror narsa berişim kerakmi? Uç farzandim bor, xotinim işlamaydi. 

Poliklinika boş hisobçisi Rinat Toşev «qaçon yöllanma bölsa, özimiz telefon qilamiz», deb bir oydan beri qönğiroq qilmaydi. Davolanişda menga qaraş uçun xotinim yoki boşqa biror yaqinim borişi kerak. «Kerak bölsa, bir yil yoki ön yil kutasiz», deganidan keyingina şikoyat qilişga majbur böldim. 

Menga toğli hududga borib davolanib kelişim uçun yöllanma olişimga yordam berişlaringizni sörayman. Aks holda, Prezident portali hamda internet saytiga çiqişga majbur bölaman». 

F. Ibragimov vaqtida, ya'ni 15 kundan söng Xalq qabulxonasidan javob olmagaç, 22 kun deganda yana u yerga murojaat qildi. Xalq qabulxonasidan poliklinikaga qönğiroq qilib, faks orqali javob xatining nusxasini olişdi. Mana öşa javob maktubi:

« Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali yöllagan viloyat IIB tomonidan 26.05. 2017 yildagi 1/vm-2872-sonli siporiş bilan röyxatga olingan. Toğli joylarga borib, davolanib kelişga yöllanma olişga yordam berişni sörab yozgan arizangiz IIB Tibbiyot bölimining ma'sul xodimlari tomonidan örganib çiqildi va sizga şuni yozib ma'lum kilidiki, Sizning haqiqatdan ham ikkinçi guruh nogironi ekanligingiz kasalligingiz iş vaqtida ortirilganligini haqida IIB Tibbiyot boşqarmasiga xat orqali çiqildi va Siz uçun toğli hududda joylaşgan sanator kurortlardan biriga iyul oyiga talabnoma berildi. Turmuş örtoğingizga IIV qonuniga asosan hozirça ruxsat berilmaganligini ma'lum qilamiz». (Javob xati tahrirsiz berilmoqda).