Kerakli vaziyatda videoregistrator sizning eng yaxşi guvohingizga aylanişi va aybsizligingizni isbotlab berişi mumkin. Şu sababli xarid qilayotganda, bu qurilmani sinçiklab tanlaş kerak böladi, deb yozadi Lifehacker.ru.

 

Tuzilişi

Ayni paytda turli tuzilişlarga ega videoregistratorlarni xarid qiliş mumkin. Ularning har birida özining afzalliklari va kamçiliklari bor.

 

An'anaviy

Kamera, boşqaruv bloki va ekran yagona korpusda joylaşgan. Özining nisbatan soddaligi bilan afzal, registratorga bitta quvvatlaş simi boradi. Buning kamçligiga uning ölçami katta ekanligini kiritiş mumkin, ayniqsa, ekrani buklanmasa.

 

Modulli

 

 

Kamera va asosiy blok, kamroq hollarda ekrani ham alohida qismdan iborat böladi. Mö'jaz kamera e'tiborni jalb qilmaydi, boşqaruv bloki esa dastlabki sozlab olişdan söng yuk bölmasiga solib qöyiladi va zarur holatlarda çiqariladi. Kamçiligi, simlari juda köpligi va narxining balandligi.

 

Közgu

 

 

Registratorning barça «içak-çavoği» orqani kuzatiş közgusining içiga yaşiringan va asosiy közguga biriktiriladi. Kamera uning ortida joylaşgan va öçiq holatda umuman közga taşlanmaydi. Qulaylik va mö'jazlikka qarşi dalil sifatida uning narxi öta qimmatligi va maşinadan taşqarida foydalanib bölmasligini keltiriş mumkin.