Britaniya Qatarning Fors körfazidagi inqirozni hal etişdagi pozitsiyasini olqişlaydi. Birlaşgan qirollik hukumatining saytida e'lon qilingan xabarda Britaniya TIV rahbari Boris Jonson şunday degan.

Yaqin Şarq davlatining amiri şayx Tamim ibn Hamad Ol Soniyning juma kungi bayonoti — mamlakat suverinetetiga rioya etilsa, Qatar özaro muzokara va muloqotga tayyorligini bildirib ötganligiga britaniyalik vazir şunday şarh bergan, deb yozmoqda TASS.

«Men Qatar amirining terrorçilikning barça körinişlariga, jumladan, uni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş istagini olqişlayman. Amir Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn bilan mavjud ixtilofni Kuvayt vositaçiligida, muloqot va muzokaralar bilan tartibga soliş majburiyatini öz zimmasiga oldi», — degan Jonson.

Taşqi siyosat idorasining rahbari Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn rasmiy Dohaning bayonotidan söng harakatga kelişi va «embargoni bekor qiliş böyiça çoralar körişi»ga işonişini aytib ötgan. Jonsonning özlariga köra, «mavjud kelişmovçiliklarni muhokama qiliş imkonini beradi».

5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn terrorizmni qöllab-quvvatlaş va mamlakatlarning içki işiga aralaşuvda ayblab, Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzişi haqida bayonot berişgan edi. Şundan söng Qatarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar, joriy etilib, amirlik qamal qilindi. Qatar hukumati afsus bilan xorijlik hamkorlarining qarorlari asossiz ekanligini ta'kidladi. Ilgariroq bu tört davlat Doha oldiga 13 talabdan iborat ultimatum qöyişdi, biroq u rad etildi. «Törtlik»ning Qohirada 5 iyul kuni uçraşgan TIV rahbarlari munosabatlar tiklanişi uçun Qatar rahbariyati oğişmay amal qilişi lozim bölgan olti prinsipni belgilab olişdi. Ularning orasida terrorçilikni moliyalaştirişni bas qiliş, ekstremistik ğoyalarni tarğib etişdan boş tortiş, terrorçilikka qarşi kuraşda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qiliş, kabi bandlar bor.