Toşkent şahri, Şayhontohur tuman boş imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli qalamiga mansub “Inson manfaatlari – islom ta'limotining oliy mezoni” risolasi (“Movarounnahr” naşriyoti, T. 2017 yil) naşrdan çiqdi. 

Uşbu kitob “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ga bağişlanib, unda insonga manfaat yetkaziş va uning foydalari töğrisida söz boradi. Muallif bir kişiga manfaat yetkaziş naqadar uluğ va savobli iş ekaniga Qur'oni karim va hadisi şariflardan hujjat-dalillar keltiradi. Şuningdek, risolada inson manfaatiga munosabat masalasini yoritib beriş uçun johiliyat davri bilan islom davrini bir-biriga qiyoslab tahlil qilinadi.

Johiliyat davrida xudbinlik va nafsparastlik ustunlik qilgan bölsa, islom dini kelganidan keyin bu nurli ta'limotda xalqparvarlik va insonga ğamxörlik yuksak maqomga kötarilgani risolada şunday tuşuntirilgan: “Payğambarimiz sahobalari u zotdan örnak olib uylarida biron narsani olib turişni öylamasdilar. Iloji boriça muhtoj va qiynalgan kişini körganda unga yordam berişga şoşilardilar. Agar özida bölmasa, qarz kötarib bölsa ham, uni xursand qilib qaytarişga harakat qilganlar. Ali ibn Hasan Muhammad ibn Usoma ibn Zayd betob bölib yotganida huzuriga kirdi. U yiğlay boşladi. Ali ibn Hasan: “Nima böldi?”, deb söradi. U: “Mening qarzim bor”, dedi. Ali ibn Hasan: “Qarzing qança?”, dedi. U: “Ön beş ming dinor yoki ön ming dinor atrofida”, dedi. Ali ibn Hasan: “Hammasini men tölayman”, dedi.  

Mazkur risola bilan tanişgan kişi insonga manfaat yetkazişning ajr-savoblari uluğligi va oxiratda ham undan nasibador bölişini hujjat-dalillar bilan isbotlab bergan. Mazkur risola insonga manfaat yetkaziş naqadar uluğ va şarafli amal ekanini bilişda katta ahamiyat kasb etadi.