«Şayx Zayniddin» (Kökça) jome masjidining sobiq imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli yana imomlik lavozimiga qaytarildi.
Kun.uz manbasi xabar berişiça, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning buyruği bilan Odilxon qori Yunusxon öğli Toşkent şahri, Şayxontohur tumani, «Xöja Alambardor» masjidiga (xalq tilida Kamolon masjidi) imom-xatib etib tayinlandi.
Odilxon qori 2018 yilning oktyabridan buyon Özbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondining Diniy-ma'rifiy tarğibot bölimiga rahbar sifatida faoliyat yuritayotgan edi.
Odilxon qori Yunusxon öğli öz faoliyatini 1998–1999 yillarda Toşkent şahar Uçtepa tumanidagi «Hazrati Umar» jome' masjidida imom–xatib vazifasidan boşlagan. 1999–2000 yillarda Şayxontohur tumanidagi «Şayx Zayniddin» jome' masjidida imom noibi vazifasida işlagan. 2010 yildan Toşkent şahar boş imom–xatibi örinbosari, 2011 yildan 2018 yilning yozigaça Şayxontohur tumani boş imom xatibi va «Şayx Zayniddin» jome' masjidi imom–xatibi bölib işlagandi.
Odilxon qori Yunusxon öğlining «Ozodalik imonning gözal bahosi», «Masjid odoblari», «Röza tutiş odoblari», «Haj manosiklari», «Isrofdan saqlanaylik», «Mehr - oqibat jannat garovidir» nomli risolalari çop etilgan. Uning eng maşhur kitoblari «Kibrdan saqlanaylik», «Jannat kaliti», «Qöşniçilik haqlari va odoblari» hisoblanadi.













