Toşkent şahrida joylaşgan “Şayx Zayniddin” (Kökça) jome masjidining sobiq imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli Özbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondiga maxsus lavozimga tayinlangan. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar bermoqda.

“Odilxon qori Yunusxon öğli “Vaqf” xayriya jamoat fondining diniy-ma'rifiy tarğibot bölimiga rahbar etib tayinlanganlar. Yaqin kunlar içida ommaviy axborot vositalari orqali çiqiş qiladilar”, - deydi KUN.UZ’ga berilgan ma'lumotda.

Xabarlarga köra, ayni kunda Odilxon qori Yunusxon öğli davolaniş kurslarida, şu sabab hali yangi vazifasida iş faoliyatini boşlamagan.

Ma'lumot örnida: Eslatib ötamiz, 20 iyul kuni Özbekiston musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov buyruği asosida Toşkentdagi «Şayx Zayniddin» masjidi imom xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli öz vazifasidan ozod etilgandi.