Donişmandlik tajriba mahsulidir. Leonardo da Vinçi

Moziyga qaytib iş körmoqlik xayrlidir, deb boşlagandi Abdulla Qodiriy «Ötkan kunlar» romanining muqaddimasini. Ayni paytda futbolimizda şunday jarayon keçyaptiki, bu holatda tariximizning nisbatan uzoqroq bölgan davrini esga olişimiz örinli bölmoqda. Negaki, ÖFFning hozirgi xotirjamligi bundan qariyb 8 asr muqaddam Muhammad Xorazmşohning yöl qöygan xatolarini eslatmoqda.

Osiyoda ikki qudratli davlat Xorazmşohlar va Çingizxon boşçiligidagi möğullar imperiyasi örtasida jang bölişi muqarrar edi. Aslida xorazmşohlar podşohining qöşini son jihatidan raqibdan köproq, salohiyatda qudratliroq edi. Ammo ayrim sub'yektiv prinsiplar sababli sulton möğullarga qarşi jangga xato strategiya tanlaydi. Jang arafasida ötkazilgan kengaşda buyuk qömondon Jaloliddin Manguberdi va ayrim sarkardalarning duşmanni mamlakat taşqarisida qarşi olib, jang qiliş taklifini rad etgan Xorazmşoh onasi Turkon Xotinning söziga kirib, «har kim özini himoya qilsin» qabilida qöşinni bölib taşlagan holda mudofaga tayyorgarlik köriş haqida farmon beradi. Möğullar bölingan kuçlarni birin-ketin yançib, şaharu-qişloqlarni vayron qiladi, begunoh odamlarning yostiğini quritadi. Öziga «Iskandari soniy» nomini bergan Sulton Xorazmşoh qörqqanidan mamlakatni taşlab qoçadi. Taxt esa aslida bunga noloyiq bölgan şahzoda Özlakşohga qoladi. Yakuni nima bilan tugaganini tarix darslaridan yaxşi bilasiz.

Vaqt tinmasdan yugurgilamoqda. 31 avgust tobora yaqinlaşmoqda. Lekin bizning tayyorgarligimiz mundialga çiqiş istagida yonayotgan jamoa darajasida emas. Guus Hiddinkning nigeriyalik sobiq yordamçisi Onekening taklif etilişi Sulton Xorazmşohning (missioner) savdogar Mahmud Yalavoç orqali töplagan ma'lumotlari singari ahamiyatli, lekin tub buriliş yasaş darajasida tanlov emas. Baribir terma jamoadagi yondaşuvlar eskiligiça qolmoqda. Klublar bilan örtoqlik bahslari, çala tarkib bilan çala tayyorgarlik... Futbolimizga mas'ul bölgan insonlar xorazmşohlardek tadbirsiz. Muxlislar va OAVning ovozi ÖFFdagi mutasaddilarning sukunatini buzişga qodir emas. Naqadar öxşaşlik! Tağin bir öxşaşlik bor. Möğullar ham şimoli-şarqdan kelgandi, navbatdagi ikki raqib ham Şarqdan. Ştilikeni haydab, yangi murabbiy iş boşlagan Janubiy Koreya va JÇ-2006da Italiyani çempion qilgan Marçelo Lippi boşqarayotgan Xitoy terma jamoalari. Çin yurti vakillari 3-örin uçun oxirigaça harakat qiladi. Bu aniq. Janubiy Koreya esa buyoğiga imkoniyat boriça kuraşadi. Bir neça yildan buyon Ule Ştilikening iste'fosi haqida Koreya matbuotida köp yozildi. Qatardagi mağlubiyat esa koreyslarning toqatini toq qildi. Nemis mutaxassisiga çiqiş eşiklari körsatib qöyildi. Murabbiylik kursisini terma jamoani juda yaxşi biladigan mutaxassisga topşirildi. Ayni vaziyatda eng töğri tanlov ham şu aslida. Xullas, raqiblarimiz bölajak uçraşuvlarga jiddiy hozirlik körişmoqda. Bizda esa parokandalik hukm surmoqda. Futbolimiz içidagilar va atrofidagilar ikki qutbga bölingan: Babayanga xayrixoh ÖFF va murabbiylar ştabiga mutlaqo işonmay qöygan muxlislar hamda jurnalistlar. Federatsiya jurnalist va muxlislarning tinimsiz e'tirozlariga parvo qilmasdan Babayan boşçiligidagi murabbiylar ştabiga sentabrga qadar imkoniyat berişi haqida bayonotini ma'lum qilib böldi. Ammo bu bilan muhokamalar töxtab qolgani yöq. ÖFF xuddi Xorazmşoh kabi beparvo, Babayan esa Ahrol Inoyatov ta'biri bilan aytganda, özini yöqotib qöygan, qoçib yuribdi. Jabrdiyda Babayan! Terma jamoa tepasiga kelayotganida u bilmasmidi işlar köngildagidek ketmasa, şunaqa bosim paydo bölişini? Yoki faqat biz özbeklarda bormi terma murabbiylariga e'tirozlar tölqini?! Bir yurtning boş jamoasi, futbolining yuzi bölişi lozim bölgan milliy terma mas'uliyati unga buvisining boğçasidimiki, indamaygina erkalikka yöyib ketaveradigan. Eplasa şu bosimni yengib işlasin, natija körsatsin, Skolariga öxşab. Butun boşli Braziliya Romarioning JÇ-2002ga olinmaganidan norizo edi. Skolariga işonçdan köra tanqidlar yoğilardi, u esa mardlarça iş tutgandi.